Ro’yxatdan o’tish

Mazkur Foydalanuvchi kelishuvi ushbu hujjat shartlarida ko'rsatilgan, www.enrabota.ru internet-manbasidan foydalanish chog'ida paydo bo'ladigan, MChJ “Xalqlar birligi” (“sayt ma'muriyati”) hamda Internet (“Foydalanuvchi”) foydalanuvchisi o'rtasidagi munosabatni tartibga soladi.

Foydalanuvchi diqqat-e'tiboriga qaratilgan, shartnomani tuzish haqidagi ushbu taklifni to'liq va so'zsiz qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan quyidagi harakatlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan: foydalanuvchining Sayt vazifalaridan unumli foydalanishi, bo'sh o'rinlarni izlash, ko'rib chiqish, saytdan ro'yxatdan o'tish, aloqa shakli orqali xabar yo'naltirish va boshqa xizmatlarni ishlatish.

Foydalanuvchi kelishuvi sayt Ma'muriyati tomonidan har qanday vaqtda Foydalanuvchini oldindan maxsus ravishda ogohlantirmay, o'zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchi kelishuvining yangi tahriri, agar boshqa shartlar ko'rsatilmagan bo'lsa, uning Saytda joylashtirilishi bilan kuchga kiradi. Foydalanuvchi kelishuvining amaldagi tahriri bilan muntazam ravishda tanishish Foydalanuvchining majburiyatiga kiradi. Foydalanuvchi kelishuvining yangi tahriri kuchga kirgandan keyin Saytdan foydalanish degani, Foydalanuvchi tomonidan barcha shartlarga rozilik berib, yangi tahrir qoidalarining to'liq ravishda amal qilinishidir. Agar Foydalanuvchi uning shartlariga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Saytdan foydalanishni darhol to'xtatishi kerak.

1. Atamalar va ta'riflar

Mazkur Foydalanuvchi kelishuvi maqsadlari uchun quyida keltirilgan atamalar ushbu ma'nolarga ega:

2. Predmet va Foydalanuvchi kelishuvining umumiy qoidalari

2.1. Mazkur Foydalanuvchi Kelishuvi Saytdan foydalanish qoidalari va shartlari, unda axborot joylashtirish tartibini o'rnatadi va Foydalanuvchi hamda Sayt Ma'muriyati o'rtasida shartnomani o'zida aks ettiradi.

2.2. Sayt ma'muriyati Foydalanuvchiga mazkur Foydalanuvchi kelishuvi shartlariga binoan, bo'sh o'rinlar va nomzodlar, Sayt Xizmatlari tomonidan taklif etilayotgan boshqalarni joylashtirish, izlash va ko'rib chiqishni taklif qiladi. Alohida Xizmatlardan foydalanish munosabati bilan qo'shimcha shartlar, qoidalar va cheklovlar o'rnatilishi mumkin. Sayt ma'muriyati har qanday vaqtda Xizmatlar taqdim etish shartlarini o'zgartirish yoki qayta ko'rib chiqish, to'ldirish, o'zgartirish, cheklash, Sayt va/yoki Xizmatlarning vazifaviy imkoniyatlarini, shu jumladan, Xizmatlar yoki Saytning alohida vazifaviy imkoniyatlarini kengaytirishga haqli.

2.2. Foydalanuvchiga taklif qilinayotgan Xizmatlar mazkur Foydalanuvchi kelishuvida ko'rsatilgan shartlarga muvofiq, pulli shu jumladan, bepul asosda ham taqdim etiladi.

2.3. Alohida Xizmatlarni taqdim qilish maxsus qoidalar va/yoki kelishuv tomonidan tartibga solinib, u mazkur Foydalanuvchi kelishuvi, shu jumladan, Ishchilar (Da'vogar) va Ish beruvchilar tomonidan bo'sh o'rinlarni joylashtirish shartlari, o'zga shartlar va qoidalar, sayt Ma'muriyati va Foydalanuvchi o'rtasida yozma shaklda tuzilgan shaxsiy kelishuvlarning ajralmas qismi sanaladi. Mojaro yoki mazkur Foydalanuvchi kelishuvi matni hamda maxsus qoidalar va/yoki kelishuvlar o'rtasidagi nomutanosiblik holatida, oxirgilari qo'llanishiga yo'l qo'yiladi.

2.4. Sayt o'z qo'rquvi va tavakkalchiligiga ko'ra, Ishchi (Da'vogar)larga o'z nomzodlarini joylashtirish imkonini beradigan maydon bo'lsa, Ish beruvchilarga esa aniqlanmagan shaxslar doirasiga yo'naltirilgan ishga joylashtirish (kelishuvni tuzish) imkoni bo'yicha takliflarni taqdim etadi. Sayt Ma'muriyati kelishuv tomoni yoki tashkilotchisi, vositachi, agent yoki qaysidir Foydalanuvchining vakili va/yoki kelishuv Foydalanuvchilari orasida taklif etilayotgan/tuzilayotgan munosabatdagi manffatdor shaxs bo'lib hisoblanmaydi. Saytda joylashtirilayotgan Foydalanuvchilar orasidagi kelishuvlar sayt Ma'muriyatining bevosita yoki bilvosita ishtirokisiz tuziladi va amalda bajariladi. Sayt Ma'muriyati agar Ishchilar (Da'vogarlar) kerakli bo'sh o'rinni, Ish beruvchilar – nomzodni topa olmasa, javobgar hisoblanmaydi.

2.5. Foydalanuvchining Saytda ro'yxatdan o'tishi yoki ruxsat olishidan qat'iy nazar, Saytdan foydalanish, shu jumladan, Saytga joylashtirilgan axborotni qarab chiqish, Foydalanuvchining mazkur Foydalanuvchi kelishuviga rozilik bergani va Xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish majburiyatlarini, shuningdek, Saytdan foydalanish bilan bog'liq harakatlar uchun mas'uliyatni o'ziga qabul qilishini bildiradi.

2.6. Saytga kirishni amalga oshirgan va shu tarzda mazkur Foydalanuvchi kelishuvini tuzgan holda, Foydalanuvchi Foydalanuvchi kelishuvini tuzish va bajarish uchun kerakli barcha huquqlar va vakolatga ega ekanligini kafolatlaydi, shuningdek, voyaga etgan va butunlay muomalaga layoqatli shaxs, yoki vakolatli organ tomonidan butunlay muomalaga layoqatsiz (emansipatsiya) deb topilgan voyaga yetmagan shaxs, yoki o'n to'rt yoshga to'lib, qonun talab qilgan shaklda o'z ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillar tomonidan Foydalanuvchi kelishuvini tuzish uchun yozma ruxsat olgan shaxs hisoblanadi. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvidan istagan vaqtda yuqorida ko'rsatilganidek, huquq va majburiyatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va axborotni talab qilishga haqli.

2.7. Saytda taqdim etilayotgan Xizmatlar har qanday vaqtda o'zgarishi, to'ldirilishi, yangilanishi, Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan vazifaviy imkoniyatlar tabiatini va shaklini almashtirishi mumkin, shu munosabat bilan ularning ishlatilishi “bor sifatida” rejimida taklif etiladi, ya'ni Foydalanuvchilar xizmatiga murojaat vaqtida Sayt tomonidan taqdim etiladigan tarzda. Sayt Ma'muriyati zarur vaqtda shaxsiy ko'rsatmasiga ko'ra, umuman barcha Foydalanuvchilarga yoki xususan alohida Foydalanuvchilarga dastlabki ogohlantirishsiz, Xizmatlarni (yoki Xizmat doirasida qandaydir alohida vazifalar) taqdim etishni to'xtatish huquqiga ega.

3. Saytda ro'yxatdan o'tish

3.1. Foydalanuvchi nomzodlar va bo'sh o'rinlarni joylashtirish huquqiga ega, shuningdek, Saytda Ro'yxatdan o'tganidan so'ng alohida Xizmatlardan foydalanishi mumkin.

3.2. Foydalanuvchi tomonidan ro'yxatdan o'tilganda, Hisobga olingan ma'lumotlar (ism-sharifi, uyali telefon raqami, ro'yxatdan o'tish paroli) ko'rsatiladi. Foydalanuvchi Ro'yxatdan o'tish uchun ma'lumotlarni kiritganidan keyin, uyali telefonning ko'rsatilgan raqamiga tasdiqlash kodi berilgan matnli (SMS) xabarni oladi. Agar tasdiqlash kodi to'g'ri kiritilgan bo'lsa, ma'lumotlar bazasida Hisobga olingan yozuv yaratiladi va Foydalanuvchi — Ishchi so'rovnomasini yoki Ish beruvchi bo'sh o'rinlarni to'ldirish sahifasiga o'tadi. Hisobga olingan yozuvni ro'yxatga olish Foydalanuvchining bitta uyali telefon raqamiga bir marta amalga oshiriladi. Saytda Ro'yxatdan o'tish chog'ida avval ko'rsatilgan uyali telefon raqamidan foydalangan holda yangi Hisobga olingan yozuvni qayta Ro'yxatdan o'tkazish ruxsat etilmaydi. Foydalanuvchi Saytdagi Shaxsiy kabinetida Hisobga olingan ma'lumotlarni o'zgartirishi mumkin.

3.3. Ishchi (Da'vogar) so'rovnomasi nashrining shartlari va qiymati Saytning “Narxlar” degan bo'limida ko'rsatiladi. Ish beruvchilarga bo'sh o'rinlar nashrining shartlari va qiymati ham Saytning “Narxlar” degan bo'limida ko'rsatiladi. Ish beruvchi bo'sh o'rinlar haqidagi matnni chop etish maqsadida sarlavha ko'rsatilgan e'lon yaratilib, bo'sh o'rinlar haqida erkin shaklda yoziladi, mazkur bo'sh o'rin doirasida kerakli bo'lgan Ishchilar (Da'vogarlar) ixtisoslashuvi tanlovi, e'lonning dolzarblik sanasi (nashrning eng so'nggi sanasi)ni ko'rsatish kerak. Bo'sh o'rin haqida erkin shaklda tasvirlashda matnda shaxsiy ma'lumotni (telefon raqamlari, elektron pochta manzili) har qanday shaklda ko'rsatish taqiqlanadi. Barcha e'lonlar nashrdan so'ng moderatsiyadan o'tadi. Joylashtirish qoidalari buzilishi aniqlangan taqdirda, bo'sh o'rin haqidagi nashr toki xatolik yoki buzilish bartaraf etilmaguncha chop etilmaydi. Xatolik bartaraf etilganidan keyin bo'sh o'rinlar haqidagi nashrni tiklash uchun, texnik yordamga murojaat qilish lozim.

3.4. Foydalanuvchi o'zining Hisobga olingan ma'lumotlarini saqlashga e'tibor berishi va ularni uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi kerak. Foydalanuvchi o'zining Hisobga olingan ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga berishga haqqi yo'q, shuningdek, bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxslarga Saytda tizim ma'lumotlaridan foydalanishga ruxsat berishi mumkin emas, Foydalanuvchi nomidan va uning manfaatlari yo'lida harakat qilayotgan yoki Foydalanuvchi bilan kelishuv asosida shunday Hisobga olingan ma'lumotlarga ega bo'lgan shaxslar bundan mustasno.

3.5. Foydalanuvchining Shaxsiy kabinetidan turib uning Hisobga olingan ma'lumotlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan har qanday harakat Foydalanuvchining o'zi yoki u belgilagan vakolatli shaxs tomonidan amalga oshirilyapti deb hisoblanadi va Foydalanuvchi uchun mazkur Foydalanuvchi kelishuvining buzilganligi, qonunchilik talablari uchun javobgarlik kabilar uchun mas'uliyat yuklaydi.

3.6. Agar Foydalanuvchi Hisobga olingan ma'lumotlari buzib ochilgan yoki vakolatli hisoblanmagan uchinchi shaxslar tomonidan foydalanilganiga gumon qilsa, zudlik bilan Hisobga olingan ma'lumotlarni o'zgartirishi shart.

3.7. Sayt Ma'muriyati Saytdan foydalanish mobaynida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilayotgan axborotning to'g'riligini tekshirish uchun kerakli texnik qarorlarni qabul qilishga haqli. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchi o'zini tanishtirgandek ekanligiga kafolat bera olmaydi, shuningdek, Saytda Foydalanuvchi taqdim qilgan axborot haqiqat bilan mos keladi, deb aniq ayta olmaydi.

3.8. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchiga Shaxsiy kabinetiga kirishni bloklab tashlash bilan birga uning nomzodi, bo'sh o'rinlarni ko'rsatish yoki joylashtirishga taqiq qo'yadi. Sayt Ma'muriyati istalgan vaqtda Foydalanuvchiga Xizmatlarga kirishni tugatib va/yoki cheklab qo'yishga haqli, shuningdek, Foydalanuvchining Saytdagi hisobga olingan yozuvini qayta tiklash imkoniyatisiz o'chirib tashlashi yoki bloklab qo'yishi mumkin.

4. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti

4.1. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotiga ishlov berish davomida Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotini noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo'q qilish, o'zgartirish, bloklash, ko'chirib olish, yoyish, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan boshqa noqonuniy harakatlaridan himoyalash uchun barcha tashkiliy va mexnik choralarni qabul qilish majburiyatini oladi. Lekin istisno emaski, Sayt ishidagi to'satdan to'xtab qolishlar, virusli yoki xakerlar hujumi, texnik nosozliklar va boshqa sharoitlar natijasida, Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumoti boshqa shaxslarga ham ochiq bo'lib qolishi mumkin. Foydalanuvchi shuni tushungan holda shunga ham rozilik beradiki, yuqoridagi holatlar natijasida ko'ngilsiz vaziyat yuzaga kelsa, Sayt Ma'muriyatiga e'tiroz bildirmaydi.

4.2. Foydalanuvchi uning Shaxsiy kabinetida saqlanadigan Shaxsiy ma'lumot ommabop bo'lib, Saytning har qanday Foydalanuvchisi u bilan tanishishi mumkin.

4.3. Saytdan foydalanish doirasida Foydalanuvchi faqat ishonarli ma'lumotlarni berishga majbur va taqdim etayotgan axborotlari uchun javobgardir. Foydalanuvchi ma'lumotni saytda tahrir qilgan holda o'z vaqtida yangilab turish majburiyatini ham oladi. Sayt Ma'muriyati so'rashga haqli, Foydalanuvchi esa so'rovga javoban, Foydalanuvchi kelishuvi va/yoki foydalanilayotgan kerakli Xizmat tomonidan Foydalanuvchini aniqlash uchun kerakli hujjatlar va axborotni taqdim etishga majbur.

4.4. Foydalanuvchi Sayt Ma'muriyati quyidagi maqsadlarda Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotiga ishlov berishi yo'lida yig'ishi, saqlashi va boshqa harakatlarni bajarishi uchun rozilik beradi:

4.5. O'zining Shaxsiy ma'lumotini Saytda joylashtira turib, Foydalanuvchi buni o'z xohishiga binoan bajarayotganini, shuningdek, Sayt Ma'muriyatiga ushbu Axborotni ixtiyoriy ravishda taqdim etayotganligini tasdiqlaydi.

4.6. Foydalanuvchi boshqa shaxslarning shaxsiy ma'lumotini Saytda joylashtirmaslik majburiyatini oladi, shuningdek, boshqa Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotini RF qonunchiligi talablariga zid, nohaq yoki noqonuniy maqsadlarda, Sayt yaratishning maqsadlariga nomuvofiq ravishda foyda olish yoki boshqa har qanday maqsadlarda foydalanmaslikka majbur.

4.7. Foydalanuvchi u taqdim etgan Shaxsiy ma'lumotni yoki bir qismini xohlagan vaqtida o'zgartirishi (yangilashi, to'ldirishi) mumkin.

4.8. Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotiga, Sayt Ma'muriyati tomonidan, uning Saytda joylashuvi muddati yoki amaldagi o'rnatilgan qonunchilik tomonidan o'rnatilgan muddat mobaynida ishlov beriladi.

4.9. Kelishuvning boshqa vaziyatlariga zarar yetkazmagan tarzda Sayt Ma'muriyati quyidagi holatlarda Foydalanuvchining Shaxsiy ma'lumotini uchinchi shaxslarga uzatishi mumkin:

4.10. Sayt Ma'muriyati Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotidan boshqa shaxslar, shu jumladan, Sayt Ma'muriyati tomonidan Foydalanuvchining Shaxsiy Ma'lumoti uzatilgan shaxslar ham foydalanganligi uchun javobgar emas.

4.11. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish mobaynida Sayt Ma'muriyati RFning “Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risidagi” Federal qonuniga amal qiladi.

5. Foydalanuvchining majburiyatlari

5.1. Foydalanuvchi faqat amaldagi qonunchilik va Saytning Foydalanuvchi kelishuviga muvofiq harakat qilish majburiyatini oladi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy harakatlari va Saytdagi harakatsizligi va Xizmatlardan foydalanish chog'ida to'liq javobgar hisoblanadi.

5.2. Foydalanuvchi uchun mavjud Sayt Xizmatlari, bunday Xizmatlar mo'ljallangan maqsadlar uchungina ishlatilishi mumkin. Foydalanuvchiga xizmatlardan, shuningdek, Saytdan olingan istalgan axborotni boshqa maqsadlar uchun foydalanish taqiqlanadi. Sayt Ma'muriyati istagan vaqtda o'zining xohishiga qarab, bo'sh o'rinlar va nomzodlarni tanlab tekshirishlar olib borishga, Foydalanuvchi xabarlarini va/yoki Xizmatlardan Foydalanuvchilarning foydalanish shartlarini, Foydalanuvchi kelishuviga nechog'li amal qilayotganini, shu jumladan avtomatik rejimda dasturiy vositalarni ishlatish yordamida tekshirishlar olib borishga haqli. Qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, shuningdek, uchinchi shaxslardan mana shunday buzilishlar haqida axborotga ega bo'lgandan keyin yoki sayt Ma'muriyati nuqtai nazaridan turli buzilishlar haqida guvohlik beruvchi belgilar majmui aniqlansa, sayt Ma'muriyati Foydalanuvchiga u yoki bu Xizmatlarga kirishni vaqtincha yoki butunlay to'xtatishi, shuningdek, E'lonni va/yoki Shaxsiy kabinetga kirishni bloklash yoki butunlay tugatishi mumkin. Sayt Ma'muriyatining bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko'ra, Saytdagi bo'sh o'rinlar va/yoki nomzodlarni bloklash vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin, bu esa asosan Foydalanuvchi tomonidan mazkur Foydalanuvchi kelishuvi va boshqa Saytdan foydalanish qoidalarining nechog'li ko'p yoki kam buzilganligiga bog'liq. Agar Foydalanuvchi qoidabuzarliklarni bartaraf qilsa, sayt Ma'muriyati Foydalanuvchi uchun oldin bloklangan E'lonlar yoki Saytdagi hisobga olingan yozuvga kirish imkonini tiklashga haqli.

5.3. Saytda Ro'yxatdan o'tishni amalga oshira turib, Foydalanuvchi Saytda uchinchi shaxslar tomonidan joylashtiriladigan reklama axborotlarni olishga o'z roziligini ifoda etadi. Foydalanuvchi sayt Ma'muriyati ushbu axborotning mazmunini aniqlamasligi va ushbu axborot uchun, shu jumladan undagi saytlar, manbalar uchun ham javobgar emasligini tushunadi va qabul qiladi.

5.4. Sayt Foydalanuvchisi boshqa Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan har qanday ma'lumotlarni ishlatmaslik, bunday ma'lumotlarni joylashtirgan shaxsning yozma roziligisiz, yoki boshqa usul bilan tasdiqlamagan ma'lumotlaridan foydalanmaslik majburiyatini oladi. Saytdan foydalanish chog'ida, Foydalanuvchi tomonidan olingan boshqa Foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar faqatgina ishga joylashtirish bo'yicha kelishuvlarni sodir etish va amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Shu tariqa Foydalanuvchi boshqa Foydalanuvchining elektron manzili va/yoki telefon raqamidan to'g'ridan-to'g'ri reklama tarqatmalar maqsadida yoki istalmagan elektron xabarlar sifatida foydalanishi taqiqlanadi, shuningdek, boshqa tomonning xabarisiz va/yoki ruxsatisiz boshqa noqonuniy harakatlarni sodir etish man etiladi. Foydalanuvchilar orasida o'zaro ta'sirni yengillashitirish uchun, xizmatlar boshqa Foydalanuvchilarning ba'zi aloqa ma'lumotlariga cheklovli foydalanishni nazarda tutishadi. Boshqa Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan Ma'lumotlardan foydalanish huquqi mazkur Foydalanuvchi kelishuvi bilan cheklanadi.

6. Saytdan foydalanishda axborot almashish

6.1. Sayt Ma'muriyatining Foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan xabarlari Saytda umumiy kirish uchun e'lon qilinadi va/yoki Foydalanuvchi tomonidan Ro'yxatdan o'tish vaqtida taqdim etilgan elektron manzillarga alohida jo'natiladi. Bunda Foydalanuvchi jo'natilayotgan xabarlar va/yoki ularning alohida qismlari reklama tabiatiga xos bo'lishi mumkinligi, shuningdek, sayt Ma'muriyatining pudratchilariga tegishli axborot va/yoki boshqa xabarlari ekanligini tushunadi, qabul qiladi va rozi bo'ladi. Saytda e'lon qilingan xabarlar, ularning e'lon qilingan vaqtidan Foydalanuvchiga yetkazilgan hisoblanadi.

6.2. Saytga kirishni amalga oshira turib, Foydalanuvchi sayt Ma'muriyati unga Saytda ko'rsatilgan elektron pochta manzili yoki telefon raqamiga xabarlar, shu jumladan, elektron xatlar (e-mail) ovozli va/yoki matnli xabarlar (SMS) jo'natishi mumkinligiga o'z roziligini ifoda etadi: Foydalanuvchilarning bo'sh o'rinlar va/yoki nomzodlar bobida xabarlari, shu jumladan, boshqa Foydalanuvchilardan kelishuvlarni tuzganlik haqidagi takliflari, sayt Ma'muriyatining yoki uning hamkor-kompaniyalari takliflari va boshqa axborot va/yoki reklama tabiatiga ega xabarlari, shuningdek, uchinchi shaxslarga yo'nalgan maqsadlar uchun uchinchi shaxslarga elektron pochta manzillari va telefon raqamlarini berish.

7. Sayt faoliyati va undan foydalanishda mas'uliyat

7.1. Sayt Ma'muriyati Saytning kecha-yu kunduz rejimdagi tegishli faoliyatini ta'minlashga harakat qiladi, lekin har qanday sababdan Sayt ishida qandaydir buzilishlar bo'lsa, javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

7.2. Sayt Ma'muriyati Saytda joylashtirilgan Axborotga istalgan paytda kirish mumkin bo'lishi yoki u o'chib ketishi yoki yo'qolishi ehtimoldan holi bo'lmasligini kafolatlamaydi. Sayt Ma'muriyati Sayt ishida to'xtab qolish va kechikishlar uchun javobgar emas, shuningdek, ushbu to'xtab qolish va kechikishning oqibatlari uchun ham.

7.3. Sayt Ma'muriyati Saytning ma'lumotlar Bazasidan Axborotning har qanday sabablarga ko'ra, shu jumladan, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida, chiqib ketishi uchun ham javobgar emas.

7.4. Sayt Ma'muriyati har qanday yo'qotishlar, shu jumladan, boy berilgan foyda, Foydalanuvchi yoki uchinchi shaxslarga ular tomonidan Saytdan foydalanganda yoki Sayt faoliyati yuzasidan etkazilgan ma'naviy va boshqa zarar, shuningdek, mazkur Kelishuvda nazarda tutilgan barcha boshqa vaziyatlar uchun javob bermaydi, ularni qoplamaydi va javobgar emas.

7.5. Foydalanuvchi Saytga joylashtirayotgan va/yoki boshqa Foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslarga Sayt orqali xabar berayotgan axboroti, shu jumladan, uning ma'nosi va RF qonunlari talablariga mos kelishi, Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilayotgan va/yoki xabar berilayotgan Axborot natijasida uchinchi shaxslar huquqlarining (shu jumladan, cheklanmasdan, mualliflik huquqi va/yoki turdosh huquqlar, shaxsiylashtirish vositalariga huquq, tijorat siri va boshqa qonun himoyasidagi huquqlar) buzilishi uchun mustaqil ravishda javobgar sanaladi. Foydalanuvchi mustaqil ravishda boshqa Foydalanuvchilarda, uchinchi shaxslarda yoki Sayt Ma'muriyatida paydo bo'lgan yo'qotishlar, ko'rsatilgan qonunbuzarliklar va/yoki Saytda ushbu Axborotni, va/yoki Sayt vositasida xabarni joylashtirishi, shuningdek, Saytdan foydalanishda paydo bo'ladigan boshqa harakatlarni amalga oshirishi natijasida yuzaga kelgan har qanday zararlarni (shu jumladan yo'qolgan foyda, ma'naviy va boshqa zarar) qoplaydi.

7.6. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning barcha e'tiroz va da'volarini, Foydalanuvchi Saytga Ma'lumotlarni joylashtirishiga doir Sayt Ma'muriyati va Foydalanuvchi manziliga kelib tushgan, mutasaddi davlat organlarining taqiqlari hamda talablarini o'z kuchi va o'z hisobidan tartibga solishni va munozaralarni hal qilish majburiyatini bo'yniga oladi, shuningdek, ushbu e'tiroz va da'volar oqibatida Sayt Ma'muriyati ko'rgan moliyaviy yo'qotish va harajatlarni qoplashi shart.

7.7. Mazkur Kelishuv doirasida yuzaga kelgan barcha munozaralar Sayt Ma'muriyati joylashgan manzil (Astraxan sh.) bo'yicha hududiy yurisdiktsiyaga mos, sudga ko'rib chiqishga berilishi kerak.

8. Foydalanuvchi kelishuvining amal qilish muddati

8.1. Mazkur foydalanuvchi kelishuvi Foydalanuvchining Ro'yxatdan o'tish ishlaridan qat'iy nazar, Foydalanuvchining Saytdan foydalanish vaqtidan boshlab kuchga kiradi va muddatsiz amal qiladi.

8.2. Foydalanuvchi o'zining Shaxsiy kabinetiga keyinchalik qaytadan tiklash imkoniyatisiz, unga kirish imkoniyatini to'xtatib qo'yishga haqli. Bu holda Foydalanuvchi qaytadan Ro'yxatdan o'tishni amalga oshirishga haqli emas, shu jumladan Foydalanuvchi tomonidan avval Saytdagi elektron pochta manzilida ko'rsatilgan Hisobga olingan ma'lumotlardan foydalanishni ham.

Единство Народов - всеросийский сервис поиска работы для граждан стран СНГ без посредников. Использование сайта, в том числе публикация сведений о себе и размещение вакансий, означает согласие с пользовательским соглашением и на обработку своих персональных данных согласно положению. Оплачивая услуги на сайте, вы принимаете оферту.